Barselona Xulian Alvares transferidan voz kechishi mumkin
Barselona Xulian Alvares transferi bo'yicha yakuniy muddatni belgiladi. Luis Roxo xabariga ko'ra, bitim amalga oshishi qiyinlashmoqda.
🚨 Luis Roxo xabariga ko'ra, «Barselona» Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olishdan umidini uzmoqda. Agar futbolchi «Atletiko» rahbariyatiga qarshi qat'iy pozitsiya egallab, ochiqchasiga transferni talab qilmasa, bu bitimning amalga oshishi imkonsiz ekanligi tushunib yetilmoqda.
Klub transfer uchun 31-iyul sanasini yakuniy muddat qilib belgiladi. Agar «Atletiko»ning pozitsiyasi o'zgarmasa, «Barselona» yangi hujumchi izlashda davom etadi.
Bir narsa aniq: ular transfer oynasi yopilguncha kutib o'tirishmaydi.