🚨 Luis Roxo xabariga ko'ra, «Barselona» Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olishdan umidini uzmoqda. Agar futbolchi «Atletiko» rahbariyatiga qarshi qat'iy pozitsiya egallab, ochiqchasiga transferni talab qilmasa, bu bitimning amalga oshishi imkonsiz ekanligi tushunib yetilmoqda.
Klub transfer uchun 31-iyul sanasini yakuniy muddat qilib belgiladi. Agar «Atletiko»ning pozitsiyasi o'zgarmasa, «Barselona» yangi hujumchi izlashda davom etadi.
Bir narsa aniq: ular transfer oynasi yopilguncha kutib o'tirishmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!