Joze Altafini 88 yoshda: «Milan» afsonasi Rafael Leau va zamonaviy futbol haqida
«Milan» afsonasi Joze Altafini 88 yoshga to'ldi. U Rafael Leau, Lionel Messi va o'zining tarixiy top-5 futbolchilari haqida fikr bildirdi.
🎉 Joze Altafini 88 yoshga to'ldi! «Milan» afsonasi katta intervyu berib, joriy «rossonerilar» haqida ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
🏆 Altafini tarixning eng buyuk besh nafar futbolchisini sanab o'tdi:
🥇 Pele
🥈 Messi
🥉 Maradona
⭐ Ronaldino
⭐ Ronaldo
💬 Rafael Leau haqida esa u juda ochiq gapirdi:
«Men uni sotib yuborgan bo'lardim. Uning iqtidori aqlbovar qilmas darajada, ammo barqarorlik juda yetishmaydi».
❤️ Shu bilan birga, afsona «Milan» haqida juda iliq fikrlarni bildirdi:
🏟️ 1959-yilgi Skudetto va 1963-yilgi Chempionlar kubogini yodga oldi.
👏 Luka Modrichning shartnomasi uzaytirilganidan xursand bo'ldi.
🤝 Paolo Maldini va Leonardoga Italiya terma jamoasidagi ishlarida omad tiladi.
⚽ Altafini zamonaviy futbolning eng yaxshi o'yinchisi deb Lionel Messini biladi va uni nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham fenomen deb atadi.