Nyukasl Jo Uillokni sotib yubormoqchi
Nyukasl Jo Uillokni sotib yubormoqchi. Beshiktosh futbolchi bilan muzokaralarni boshladi. Bruno Gimaraesning kelajagi esa noaniqligicha qolmoqda.
🚨 "Nyukasl" yozgi transfer oynasida Jo Uillokni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi va klub unga yangi bitim taklif qilmoqchi emas.
"Beshiktosh" allaqachon 26 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Uillokning Turkiya klubiga o'tishi uning "Nyukasl"dagi besh yillik faoliyatiga yakun yasashi mumkin.
Shuningdek, jamoa sardori Bruno Gimaraesning kelajagi ham noaniq bo'lib turibdi. Unga "Arsenal" tomonidan qiziqish mavjud. Biroq, amaldagi Angliya chempioni braziliyalik futbolchi uchun hali rasmiy taklif bilan chiqmagan.
🥇 Luke Edwards