Ferran Torresning kelajagi borasida yangi xabarlar
Jerar Romero xabariga ko'ra, Ferran Torresning kelajagi borasida aniq qaror yo'q. PSJ futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo rasmiy taklif hali yo'q.
Jerar Romero xabariga ko'ra, Ferran Torresning atrofidagilar futbolchining kelajagi borasidagi barcha variantlarni, jumladan shartnomani uzaytirish, jamoadan ketish yoki amaldagi shartnoma muddati yakunlanguncha qolish kabi ssenariylarni istisno etishmayapti.
PSJ futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda, ammo hozircha «Barselona»ga rasmiy taklif bilan chiqmagan.
«Barselona» rahbariyati vaziyatga nisbatan skeptik munosabatda. Futbolchi kelasi hafta Ibitsadan qaytishi kutilmoqda.