Xansi Flik: Hamza katta salohiyatga ega
Barselona bosh murabbiyi Xansi Flik yosh futbolchi Hamza haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Xansi Flik:
Hamza? Uning boshqa yosh o'yinchilar kabi ulkan salohiyatga ega ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi.
Men uchun eng muhimi — ular maydonda o'zlarining kuchli tomonlarini ko'rsatishlari va bor salohiyatlaridan unumli foydalanishlari. Men aynan shuni qadrlayman.
U yaxshi texnik mahoratga va hujumni yakunlashda ajoyib vaziyat sezish qobiliyatiga ega, jamoadagi muhit ham juda yaxshi.
Bu yosh futbolchilar bilan ishlash — haqiqiy zavq.