Kone ketsa, Roma kimlarni ko'zlamoqda?
Manu Kone «Roma»dan ketsa, klub uning o'rniga Habib Diarra yoki Nikolas Raskinni olib kelishi mumkin. Tafsilotlar Gazzetta dello Sport va Leggo xabarida.
Habib Diarra va Nikolas Raskin «Roma»ning diqqat markazida qolmoqda. Agar Manu Kone jamoani tark etsa, rimliklar aynan shu futbolchilardan birini o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
Gazzetta dello Sport va Leggo xabariga ko'ra, fransiyalik yarim himoyachining ketishi «Roma» sport direktori D'Amikoni xalqaro darajadagi yangi futbolchi izlashga majbur qiladi. Shu sababli klub «Sanderlend» va «Glazgo Reynjers» vakillarini nomzodlar qatorida ko'rib chiqmoqda.