Nikolas Raskin «Roma» yarim himoyani kuchaytirish uchun ko'rib chiqayotgan nomzodlardan biri hisoblanadi.
Voetbalkrant xabariga ko'ra, «Glazgo Reynjers»ning belgiyalik yarim himoyachisi Shotlandiyani tark etmoqchi. U faoliyatida yangi bosqichga chiqishni maqsad qilgan. Futbolchi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng (oltita o'yinda ikkita golli uzatma) o'ziga bo'lgan e'tiborni oshirib oldi.
«Vilyarreal» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va ayni damda ispan klubi biroz ustunlikka ega. O'tgan mavsumda Raskin «Reynjers» safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, yettita gol urgan va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!