Kristian Kivu «Inter»dan yangi transferlar talab qilmoqda
Kristian Kivu «Inter» rahbariyatiga jamoani kuchaytirish bo'yicha o'z talablarini ma'lum qildi. Murabbiy jamoada sifat va agressivlik yetishmayotganini ta'kidladi.
Kristian Kivu «Inter»ga o'z talablarini qo'ydi. Murabbiy jamoaga ko'proq jasorat, sifat va qanot futbolchisi kerakligini ta'kidlamoqda.
Bizga jamoa saviyasini ko'tarishga yordam beradigan futbolchilar kelishi kerak. Maydonda esa yanada agressivroq harakat qilishni istaymiz.
Gazzetta muxbiri Roberto Mayda xabariga ko'ra, murabbiy o'z qarashlarini ochiqchasiga bayon qilgan.