Garnacho faqat «Roma»ga o'tishni istamoqda
Alexandro Garnacho «Fiorentina» taklifini rad etib, faqat «Roma»ga o'tishni xohlamoqda. «Roma» «Chelsi» bilan muzokaralarga tayyor.
FirenzeViola xabariga ko'ra, so'nggi soatlarda Alexandro Garnachoning «Fiorentina»ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Biroq futbolchi «Jallorossi» loyihasiga qiziqish bildirayotganini yana bir bor tasdiqladi va «Fiorentina» libosini kiyish imkoniyatini rad etdi.
O'z navbatida, «Roma» vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va «Chelsi» bilan muzokaralar stoliga o'tirishga tayyor.