Ivan Perishich "Inter"ga qaytishni istamoqda va bir yillik shartnomaga ham rozi. Klub hozircha uni ustuvor variant deb hisoblamayapti.
Ivan Perishich o'z xizmatlarini taklif qilib, "Inter"ga qaytish uchun harakat qilmoqda. Xorvatiyalik futbolchi hatto bir yillik shartnoma imzolashga ham tayyor.
FCInterNews xabariga ko'ra, "neradzurrilar" ayni damda uni ustuvor variant deb hisoblamayapti, chunki klubning boshqa rejalari bor. Shunga qaramay, rahbariyat uning nomzodini butunlay rad etgani yo'q.
Inter yarimhimoyachisi Pyotr Zelinski yangi mavsumdagi maqsadlari va jahon chempionati finalida kimga muxlislik qilishi haqida gapirdi.
Inter yarimhimoyachisi yig'inlar boshlanishi, yangi mavsumdagi maqsadlar va jahon chempionati finali haqida gapirdi.
Jamoamiz har doim maksimal darajaga intilishi, barcha turnirlarda g'alaba qozonishi kerak. Nima bo'lishini ko'ramiz. O'tgan mavsum Chempionlar ligasidagi ishtirokimiz darajamizdan past bo'lgani aniq: bundan yuqoriroq natija ko'rsatishimiz kerak.
- Marotta va Kivu chempionatda g'olib chiqish kerakligini yashirishmayapti.
Men ham yashirib o'tirmayman. G'alaba qozonish qanchalik yoqimli ekanligini hammamiz bilamiz, «skudetto», Italiya Kubogini qo'lga kiritish va Chempionlar ligasida yaxshiroq ishtirok etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
- Stankovich haqida nima deya olasiz?
U ajoyib futbolchi ekanligi darrov ko'rinib turibdi. Sifatli, texnikali, jismonan baquvvat – maydon markazidagi o'yinchi aynan shunday bo'lishi kerak. U bizga yordam beradi. O'zimga kelsak, o'tgan yilgi holatimdan yaxshiroq o'ynashga va jamoa natijasiga yanada ko'proq ta'sir o'tkazishga harakat qilaman.
- Finalda Lautaro uchun muxlislik qilasizmi?
Bu bahsda jamoadoshimiz maydonga tushadi – ha, biz unga muxlislik qilamiz. Garchi avvalroq Fabian Ruis bilan bir jamoada o'ynagan bo'lsam ham. Ajoyib final bo'ladi: Argentina va yarimfinal taqdirini hal qilgan Lauti uchun muxlislik qilamiz. Unga finalda g'alaba golini urishini tilayman, u bunga loyiq! Umid qilamanki, u o'zining ikkinchi jahon chempionligini qo'lga kiritadi.
Inter yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari, tarkibdagi yoshlar va o'zining kelajagi haqida fikr bildirdi.
Inter yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan yig'inlar, yangi futbolchilar va kelgusi mavsumdagi maqsadlar haqida gapirib o'tdi.
Bizda jiddiy ambitsiyalar bor: chempionatda yana g'olib chiqish, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritish hamda Chempionlar ligasida imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz. Maqsadlar qiyin, ammo erishsa bo'ladi.
- Faoliyatingizni davom ettirishga qachon qaror qildingiz?
Klub bilan faqat Bolonya bilan o'yindan keyin gaplashdim, keyin vaziyatni o'zim baholadim va yana bir yil o'ynay olishimga qaror qildim. Bu start olayotgan mavsumdan keyin faoliyatimni yakunlayman degani emas. Avval oldimizdagi chempionatga e'tibor qaratamiz, qolgani haqida keyin o'ylaymiz.
- O'tgan A Seriya mavsumidagi yagona kamchilik – derbilardagi muvaffaqiyatsizliklar. Milanni yutish istagi qanchalik katta?
Faqat Milan emas, boshqa katta jamoalarni yuta olmaganimiz bizga yoqmagandi. Ammo futbol shunaqa. Asosiysi – chempionatdagi g'alaba, biz skudetto uchun o'ynaymiz. Bu mavsumda katta o'yinlarda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
- Mashg'ulotlarda Stankovich va Massolen qanday taassurot qoldirmoqda?
Massolenning sifatlari va Stankovichning o'sishi meni hayratda qoldirdi, Aslani esa ancha xotirjam va tajribali bo'lib qaytdi. Agar jamoada qolishsa, ular bizga juda katta yordam berishadi. Ularga nimadir o'rgatishdan xursand bo'laman, barchamiz bir maqsad yo'lida ishlayapmiz.
- Inter ko'plab tajribali futbolchilar bilan xayrlashdi.
O'tgan yili Acherbi, Darmian, Zommer bor edi – tengdoshlarim, endi esa 37 yoshli yagona futbolchi men qoldim. Bu menga bosim o'tkazmaydi, nimalarga qodirligimni va sheriklarimga nima bera olishimni bilaman, qo'limdan kelgan barcha ishni ko'rsatishga harakat qilaman.