Inter yarimhimoyachisi yig'inlar boshlanishi, yangi mavsumdagi maqsadlar va jahon chempionati finali haqida gapirdi.
Jamoamiz har doim maksimal darajaga intilishi, barcha turnirlarda g'alaba qozonishi kerak. Nima bo'lishini ko'ramiz. O'tgan mavsum Chempionlar ligasidagi ishtirokimiz darajamizdan past bo'lgani aniq: bundan yuqoriroq natija ko'rsatishimiz kerak.
- Marotta va Kivu chempionatda g'olib chiqish kerakligini yashirishmayapti.
Men ham yashirib o'tirmayman. G'alaba qozonish qanchalik yoqimli ekanligini hammamiz bilamiz, «skudetto», Italiya Kubogini qo'lga kiritish va Chempionlar ligasida yaxshiroq ishtirok etish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
- Stankovich haqida nima deya olasiz?
U ajoyib futbolchi ekanligi darrov ko'rinib turibdi. Sifatli, texnikali, jismonan baquvvat – maydon markazidagi o'yinchi aynan shunday bo'lishi kerak. U bizga yordam beradi. O'zimga kelsak, o'tgan yilgi holatimdan yaxshiroq o'ynashga va jamoa natijasiga yanada ko'proq ta'sir o'tkazishga harakat qilaman.
- Finalda Lautaro uchun muxlislik qilasizmi?
Bu bahsda jamoadoshimiz maydonga tushadi – ha, biz unga muxlislik qilamiz. Garchi avvalroq Fabian Ruis bilan bir jamoada o'ynagan bo'lsam ham. Ajoyib final bo'ladi: Argentina va yarimfinal taqdirini hal qilgan Lauti uchun muxlislik qilamiz. Unga finalda g'alaba golini urishini tilayman, u bunga loyiq! Umid qilamanki, u o'zining ikkinchi jahon chempionligini qo'lga kiritadi.
fcinternews xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!