Leandro Trossardning agenti "Beshiktosh" qiziqishi haqida gapirdi
Leandro Trossardning agenti Dirk Xebel "Beshiktosh"dan tushgan taklif va futbolchining kelajagi haqida gapirdi.
Sky xabariga ko'ra, Leandro Trossardning agenti Dirk Xebel futbolchining kelajagi borasida quyidagilarni ma'lum qildi:
Leandro Trossardni o'z safiga qo'shib olish uchun "Beshiktosh" bor imkoniyatini ishga solganini tasdiqlay olaman. Biroq, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Leandroning qo'lida barcha takliflar bor va u yaqin vaqt ichida o'z kelajagi bo'yicha qaror qabul qiladi. U bir nechta variantga ega bo'lgan jahon darajasidagi futbolchi, jumladan, "Arsenal"da qolish imkoniyati ham mavjud.