Sky xabariga ko'ra, Leandro Trossardning agenti Dirk Xebel futbolchining kelajagi borasida quyidagilarni ma'lum qildi:
Leandro Trossardni o'z safiga qo'shib olish uchun "Beshiktosh" bor imkoniyatini ishga solganini tasdiqlay olaman. Biroq, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi. Leandroning qo'lida barcha takliflar bor va u yaqin vaqt ichida o'z kelajagi bo'yicha qaror qabul qiladi. U bir nechta variantga ega bo'lgan jahon darajasidagi futbolchi, jumladan, "Arsenal"da qolish imkoniyati ham mavjud.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!