Fabian Sher: "Klubda qolish birinchi tanlovim edi"
Fabian Sher mavsumoldi tayyorgarlik, jarohatdan tiklanish va "Nyukasl" bilan yangi shartnoma imzolagani haqida fikr bildirdi.
Fabian Sher mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni va jamoa bilan yangi shartnoma imzolagani haqida gapirdi:
Mavsumoldi tayyorgarlikning ilk kunlari odatda testlar va jismoniy yuklamalar sabab eng og'iri hisoblanadi, lekin jamoani qayta ko'rish har doim yoqimli. Uzoq tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarga qaytganimdan juda xursandman. Garchi ta'til vaqtida ham individual dasturlar asosida ishlasak-da, mavsumoldi tayyorgarlik sport formasini tiklab olish uchun zarur.
Dastlabki haftalar doimo murakkab kechadi, yugurishlar ko'p, ammo bu tayyorgarlikning bir qismi. Qolaversa, bu yangi kelgan futbolchilar bilan tanishish va ularga moslashib ketishlariga yordam berish uchun yaxshi imkoniyat.
Yangi shartnoma borasida tezda kelishib olganimizdan juda mamnunman. Bu klub men uchun nimani anglatishini tushuntirish shart emas. Bu yerda qolish har doim mening birinchi tanlovim bo'lgan.
Jarohatdan keyingi so'nggi olti oy faoliyatimdagi eng og'iri bo'ldi. Ko'p narsalarni boshdan kechirishga to'g'ri keldi. Operatsiyadan so'ng, qaytishga yaqin qolganimda infeksiya tushdi. Hammasi shu tarzda yakunlangani juda alamli bo'ldi, lekin men hali ham jamoaga foyda keltira olishimga ishonaman.
Ko'p ishladim va qaytishga tayyorman. Albatta, bunday uzoq tanaffusdan keyin optimal formaga kirish uchun vaqt kerak bo'ladi, lekin o'zimga va organizmimga ishonaman. Ushbu mavsumoldi tayyorgarligidan yanada kuchliroq bo'lib qaytish uchun foydalanmoqchiman.