Adri Pedrosa «Sevilya»ning asosiy tarkibidan chetlatildi
«Sevilya» futbolchisi Adri Pedrosa asosiy tarkibdan chetlatildi va jamoani tark etishga tayyorlanmoqda.
❌ Luis Garsiya qo'l ostidagi bir necha haftalik mashg'ulotlardan so'ng, «Sevilya» rahbariyati Adri Pedrosaga uning xizmatlariga ehtiyoj yo'qligini ma'lum qildi.
Adri asosiy tarkibdan chetlatildi va endilikda Xordan, Mir, Gattoni hamda Kardoso bilan birga alohida shug'ullanmoqda.
Futbolchi bu xabarni xotirjam qabul qildi va hozirda o'ziga yangi jamoa izlamoqda.
📰 ElDesmarque xabariga ko'ra.