U21 chempionati 15-turida Bunyodkor jamoasi uchrashuvga kelmagani uchun texnik mag'lubiyat qayd etildi.
U21 chempionati 15-tur o'yinlari davom ettirildi.
Bunyodkor U21 klubi Qizilqum bilan uchrashuvga kelmagani uchun o'yin bekor qilindi va Qizilqum U21 jamoasiga 3:0 hisobidagi texnik g'alaba, Bunyodkor U21 jamoasiga esa 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi.
Tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubi murabbiylar shtabida ish boshladi.
«Andijon» jamoasi murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo'shildi. Tarkibini yanada shakllantirayotgan jamoa murabbiylar shtabini ham boyitib bormoqda.
Jumladan, tahlilchi murabbiy Sobir Pirnazarov «Andijon» klubida ish boshladi. Ushbu mutaxassis 1986-yilning 14-mart kuni Toshkentda tavallud topgan. Murabbiylik faoliyati davomida O'zbekiston U15, U16, U17, U20, U23 terma jamoalarida ishlagan. Shuningdek, «Olimpik» va «Qizilqum» klublarida ham tahlilchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
Erishgan natijalari: - 2022 — Toshkentda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin. - 2023 — Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida 3-o'rin. - 2023 — Argentinada o'tkazilgan 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi. - 2024 — Qatarda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 2-o'rin. - 2024 — Parij Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi. - 2025 — 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibi, Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati ishtirokchisi.
Ushbu mutaxassis jamoaning g'alabalariga o'z hissasini qo'shishiga umid qilamiz.