Barchasi Transfer Matbuot Umumiy ↔ Bog'langan

Portugal — yangiliklari Umumiy

Portugal va bog'liq yangiliklar

Nani: Krishtianu Ronaldu JCH-2030da ishtirok etishiga ishonchim komil

Nani: Krishtianu Ronaldu JCH-2030da ishtirok etishiga ishonchim komil

Nani Krishtianu Ronalduning 2030-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishiga ishonch bildirmoqda.

Nani: «Krishtianu Ronaldu JCH-2030da ishtirok etadimi? U yerda bo'lishiga shubham yo'q. Krishtianu Jahon chempionatida o'ynash uchun maxsus parhezga o'tishini bilaman».

Turnir vaqtida uning yoshi 45 ga to'ladi. Portugaliya musobaqaga mezbonlik qiluvchi mamlakatlardan biri bo'ladi, final esa «Santyago Bernabeu»da o'tishi mumkin.

Aynan mana shu sababli Rodri hech qachon "Real Madrid"ga o‘tmaydi
ZZoneRM ↗ Umumiy

Aynan mana shu sababli Rodri hech qachon "Real Madrid"ga o‘tmaydi

B. Fernandes (jurnalist) - Portugaliya - Ispaniya o‘yinining so‘nggida Bernardu o‘z vaziyatidan foydalana olmaganidan keyin Rodrining ko‘rsatgan reaksiyasiga izoh berarkan (bu holat ular o‘rtasida dahanaki jangga sabab bo‘lgandi)

📰 B. Fernandes (jurnalist) - Portugaliya - Ispaniya o‘yinining so‘nggida Bernardu o‘z vaziyatidan foydalana olmaganidan keyin Rodrining ko‘rsatgan reaksiyasiga izoh berarkan (bu holat ular o‘rtasida dahanaki jangga sabab bo‘lgandi):

"Aynan mana shu sababli Rodri hech qachon "Real Madrid"ga o‘tmaydi. Unda klass va nafosat (elegantlik) yetishmaydi. Rodri buni avvalroq, "Oltin top"ni olganidan keyin Vinisiusga qaratilgan masxoromuz qo‘shiqni aytganida ham ko‘rsatgandi"

Rodri: "So‘nggi daqiqalarda u o‘z vaziyatidan foydalana olmaganini uning ko‘z o‘ngida nishonlaganim uchun Bernardudan uzr so‘radim. Men xato qilgandim"

Bog'liq yangiliklar

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi. Bu uning qanchalik o'ziga xos va aqlbovar qilmas futbolchi ekanligini ko'rsatadi. Men uni "mini-Messi" deb atayman

🗣️ Nemanya Vidich:

Aynan Lamin Yamal Nunu Mendeshning jarohat olishiga sababchi bo'ldi. Bu uning qanchalik o'ziga xos va aqlbovar qilmas futbolchi ekanligini ko'rsatadi. Men uni "mini-Messi" deb atayman.

U deyarli hech qachon bir xil yo'nalishda harakat qilmaydi. Buning o'rniga Lamin doimo to'p bilan nostandart nimalardir o'ylab topadi. Uning o'yinini kuzatishning o'zi bir zavq.