Eddi Xau: Alaji «Nyukasl»ga katta foyda keltiradi
«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning yangi futbolchisi Alaji Bamba haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eddi Xau: «Alaji «Nyukasl» futbolchisiga aylanganidan juda xursandman. U biz birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutayotgan yana bir istiqbolli yosh futbolchi.
Alaji yarim himoyadagi raqobatni kuchaytiradi. U yanada rivojlanish uchun katta salohiyatga ega. «Monako»dagi debyutidan keyingi o'sishi tahsinga loyiq va biz unga navbatdagi qadamni tashlashda yordam bera olishimizga ishonamiz.
U yarim himoyada chuqurroq pozitsiyada o'ynaydi, lekin butun maydon bo'ylab foydali bo'lishga qodir. Buni u o'tgan mavsumda Liga 1 va Chempionlar ligasi o'yinlarida ko'rsatib bergan».