Davron Merganovda miya chayqalishi aniqlandi
Surxon klubi darvozaboni Davron Merganovning sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Futbolchida miya chayqalishi aniqlangan.
Surxon klubi darvozaboni Davron Merganovning sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Superliga 12-turidan o‘rin olgan Andijonga qarshi uchrashuvning 5-daqiqasida bosh qismidan jarohat olgan darvozabon tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida unda miya chayqalishi aniqlangan.
Hozirda Davron Merganovning umumiy ahvoli barqaror va qoniqarli bo‘lib, u shifokorlar nazorati ostida davolanish hamda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.