La Repubblica xabariga ko'ra, D'Amiko 30 million yevro va bonuslar hamda kelgusi sotuvdan 10 foiz ulush taklif qilishga tayyor, biroq «Strasbur» bu ulushni 20 foizga yetkazmoqchi.
O'yinchi transferga rozi bo'ldi va maosh borasida kelishuvga erishdi: u «jallorossi» safida yiliga taxminan 2 million yevro ishlab topadi.
Gazzetta dello Sport ma'lumotiga ko'ra, Alexandro Garnacho allaqachon «Roma» bilan muzokaralar o'tkazgan va klub bilan prinsipial kelishuvga erishgan.
Biroq «Chelsi»ni hali ko'ndirish kerak, chunki ular argentinalik futbolchini 50 million yevroga baholamoqda va doimiy transferni afzal ko'rmoqda. «Roma»ning taklifi esa 5 million yevro evaziga ijara va 35 million yevroga sotib olish huquqini nazarda tutadi, «ko'klar» esa hozircha bu kelishuvning maqsadga muvofiqligiga ishonchi komil emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!