ESPN muxbiri Rodra xabariga ko'ra, Rodri nomzodi «Real» uchun «amalda imkonsiz» maqomidan «real variant»ga o'tdi. Klub bosh direktori Sanches va bosh skaut Kalafat 30 yoshli yarim himoyachini tarkibga qo'shib olish bo'yicha ishlarni boshlab yuborishgan.
Peres Rodrining transferiga shubha bilan qaramoqda, chunki u o'yinchining jarohatlaridan xavotirda. Ushbu transfer oynasida «qirollik klubi» prezidenti tarkibni kuchaytirish bo'yicha qarorlarga deyarli aralashmayapti.
Masalan, may oyida Peres Bernardu nomzodini rad etgan bo'lsa-da, futbolchi baribir jamoaga kelib qo'shildi. Mark Kukurelyaning xaridi haqida esa klub rahbari kelishuv deyarli yakunlanganidan so'ng xabar topgan.
Bundan tashqari, dastlab Rodri Mourinyu uchun ustuvor nomzodlar ro'yxatida bo'lmagan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi sardori belidagi noqulaylik sababli yaqin orada kichik jarrohlik amaliyotini o'tkazishi rejalashtirilgan, biroq bu jiddiy jarohat emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!