Real Madrid Olise transferi bo'yicha vaziyatni kuzatmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 21

Real Madrid Olise transferi bo'yicha vaziyatni kuzatmoqda

📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Real Madrid" agar kelishuvni amalga oshirish uchun eng kichik imkoniyat sezilsa, Oliseni tarkibga qo'shib olishga urinib ko'radi.

Vingerning "Bavariya" rahbariyati bilan bo'lajak suhbati uning joriy yozda klubdan ketish ehtimoli bor yoki yo'qligini aniqlashtirib beradi. Hozircha myunxenliklar Olisening jamoada qolishini talab qilmoqda.

📰 R. Martin (AS jurnalisti):

"Men Olise uchun 200 million yevro to'lagan bo'lardim. Ammo juda oddiy va tushunarli sababga ko'ra: menga bu pullar umuman qiziq emas, chunki ular meniki emas."

 

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!