Agar siz ham biz kabi nimalar bo'layotganini tushunmayotgan bo'lsangiz: Sky xabariga ko'ra, PSJ "Monako"ga Mag'nes Akliush bo'yicha bir nechta taklif yuborgan, ammo ularning hech biri qabul qilinmagan. Nega bunday bo'lgani jumboq, biroq endi Richard Xyuz ham futbolchini sotib olish masalasiga qiziqib qoldi.
Aniqroq aytganda, PSJ uchta taklif yuborgan, oxirgisining summasi ochiqlanmagan, biroq "Monako" futbolchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda. Shu bilan birga, fransiyalik futbolchi PSJ bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishib bo'lgan, uning amaldagi shartnomasi esa 2028-yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Ishonasizmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!