⚡️🚨 «Nyukasl» yaqin kunlarda yarim himoyachi Yoxan Manzambi transferi bo‘yicha «Frayburg» bilan muzokaralarni boshlash niyatida.
Shveytsariya terma jamoasi a’zosi jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlari evaziga o‘ziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi, garchi Yevropaning yetakchi klublari uni turnirdan oldin ham kuzatib kelishayotgan bo‘lsa-da. Ayni paytda aynan «Nyuqasl» uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, Manzambining o‘zi «Sent-Djeyms Park»ga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildirmoqda, «hakkalar» rahbariyati esa bitimni rasmiylashtirish ustida faol ish olib bormoqda.
⭐️ David Ornstein
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!