⚡️ "Nyukasl" va "Frayburg" Yohan Manzambi transferi bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi. Bitim summasi €60 mlnni tashkil qiladi.
Hozirda klub futbolchi bilan shartnomaning so'nggi detallarini kelishib olmoqda. Manzambi uchun allaqachon uzoq muddatli shartnoma tayyorlab qo'yilgan.
Amadu Onananing jarohatidan so'ng yarim himoyachi uchun "Aston Villa" ham da'vogarlik qilgan edi, biroq aynan "Nyukasl" asosiy favorit bo'lib qolmoqda. Jarohatiga qaramay, Manzambi Jahon chempionatidagi ishtirokiga to'liq diqqatini qaratgan.
🥇 Florian Plettenberg
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!