🚨 «Milan» himoya chizig'ini kuchaytirish uchun yangi nomzod ustida ishlamoqda.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, «rossoneri» «Barselona» himoyachisi Jerar Martinni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
Manbalarga ko'ra, o'tgan yili «Milan» futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilgan bo'lsa, endilikda bu summa 35 million yevrogacha ko'tarilishi mumkin.
⚠️ Transfer masalasi Fikayo Tomorining kelajagiga ham bog'liq, chunki u jamoani tark etishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.
🔵 «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachini jamoada saqlab qolishni istaydi, ammo klub rahbariyati yangi transferlar uchun mablag' ajratish maqsadida kelib tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
🔥 «Milan» himoyasida yozgi transfer oynasi vaqtida jiddiy o'zgarishlar ro'y berishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!