Maykl Olise "Bavariya"da qolishni istamoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 19

Maykl Olise "Bavariya"da qolishni istamoqda

Sky Sport xabariga ko'ra, Maykl Olisening "Real Madrid"ga o'tish istagi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. 24 yoshli fransiyalik futbolchi "Bavariya"ga klubda qolish niyatida ekanligini ma'lum qilgan.

Ayni damda myunxenliklar vingerning 2029-yilda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirish ustida ishlamoqda. Yangi kelishuv imzolangan taqdirda, Olise "Bavariya"ning eng ko'p maosh oluvchi uch nafar futbolchisi qatoriga kiradi.

Nemis klubida hamon hujumchini sotish niyatlari yo'q.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!