🔵 Maksans Lakruaning "Chelsi"dagi ilk intervyusi [2-qism]:
💬 Himoyachi sifatidagi rolingizda sizga nima eng ko'p yoqadi?
Albatta, himoyalanishni yaxshi ko'raman. O'ylashimcha, himoyachi uchun bu juda muhim. Himoyalanishdan zavq olaman. Menga yetakchilik roli yoqadi. Maydondagi o'z o'rnimdan mamnunman. Buni muxlislar bilan birga his qilish menga yoqadi.
💬 Yetakchilik qobiliyatlari haqida gapirdingiz. Bu siz ayniqsa faxrlanadigan jihatmi?
Ha, chunki buni juda muhim deb bilaman. Himoyachi yetakchi bo'lishi kerak. Biz boshqa o'yinchilarning ortida turamiz va maydonda nimalar bo'layotganini ko'rib turamiz. Shu bois, bu rolni bajarish biz uchun juda muhim.
💬 Siz bir necha mavsumdan buyon Premer-ligada o'ynab kelmoqdasiz. Shu vaqt ichida olgan eng asosiy sabog'ingiz nima bo'ldi?
Eng muhimi — bu yerda har doim ham eng kuchli jamoa g'alaba qozonavermaydi. Bu juda raqobatbardosh chempionat, har bir o'yin haqiqiy jang maydoniga aylanadi. Aynan shu sababli bu yerda o'ynash juda qiziqarli.
Murabbiy shunchaki yaxshi jamoa emas, balki katta oila, ahil jamoa qurishni xohlayotganini bilaman. G'alaba qozonish va sovrinlarni qo'lga kiritish uchun bizga aynan shunday jamoa kerak.
💬 Jamoa haqida gapirdingiz. Kiyinish xonasida qanday insonsiz?
Ancha xotirjam yigitman. O'ylashimcha, meni yetuk inson deb atash mumkin. Yo'q, shunchaki jamoadoshlarim uchun eng yaxshisini istayman. Nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham o'zimni va boshqalarni ruhlantirishga harakat qilaman. Ha, jamoaga qo'shilib ketishga va Premer-ligadagi tajribam davomida o'rganganlarim bilan bo'lishishga intilaman.
💬 Bugun ilk bor "Chelsi" libosini kiydingiz. Nimalarni his qildingiz?
Ulgur faxr. Bu xuddi tush kabi. "Chelsi" tarixi naqadar buyukligini hamma biladi. O'zingiz shu tarixning bir qismiga aylanganingizda, hislar yanada kuchayadi. Bu lahzadan juda faxrlanaman.
💬 Futboldan tashqarida siz haqingizda nimalar muxlislarni hayron qoldirishi mumkin?
O'ylashimcha, ko'p narsa. Ammo so'nggi paytlarda ko'pchilik meni barista deb o'ylaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda doim yozishadi. Hammasi kapuchinoni va shunga o'xshash narsalarni juda yaxshi ko'rganim uchun. Qahva tayyorlashni imkon qadar yaxshiroq o'rganishga harakat qilaman. Balki, bu hayron qoldiradigan jihatdir.
💬 "Chelsi"dagi maqsadlaringiz qanday?
G'alaba qozonish. Shunchaki g'alaba qozonishni istayman. O'ylashimcha, har bir futbolchi buni xohlaydi. Ammo bu yerga yig'ilgan o'yinchilar saviyasini va klubdagi barcha sharoitlarni ko'rganingizda, bu shunchaki orzu emasligini, bunga haqiqatan ham erishish mumkinligini tushunasiz.
Ha, g'alaba qozonish uchun bu yerga o'tish — avvalgi klubimda bo'lganim bilan bir xil. O'shanda ham maqsadim shu edi va men g'alaba qozondim. Shunday ekan, bu yerda, "Chelsi"da yana g'alaba qozonishni va sovrinlar yutishni istayman.
💬 Va oxirgi savol. Mavsum yakunida "Chelsi" muxlislaridan nimalarni eshitishni istardingiz?
Yaxshi savol. Balki, ular mening o'tganimdan xursand ekanliklarini aytishlarini istardim. Ular men va butun jamoa bilan birgalikda bu yo'lni davom ettirishdan baxtiyor bo'lishlarini xohlardim. Yana ismim "Chelsi" va Londonda eslab qolinishini juda istayman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!