Kardiffning Romaga qarshi o'yinida Paulo Dibala va Brayan Kristante o'rtasida keskin vaziyat yuzaga keldi. Voqea Tanner gol urib, hisobni 4:1 ko'rinishiga keltirganidan so'ng sodir bo'ldi va bu holat jallorossilarning g'azabini keltirdi.
Roma vakillari hujum rivojlanayotgan pallada Santyago Kastroga nisbatan qoida buzilgan deb hisoblashdi. Hakam o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi va ko'p o'tmay Kardiff gol urdi. Ushbu qaror Rim klubi noroziligiga sabab bo'ldi, Matias Sule esa jamoadoshini himoya qilgan holda hakamga e'tiroz bildirdi va sariq kartochka oldi.
Ayni shu lahzada Dibala va Kristante o'rtasida nizo kelib chiqdi. DAZN kadrlari ularning qizg'in bahsini ko'rsatdi, vaziyatni yumshatish uchun boshqa futbolchilar aralashishiga to'g'ri keldi. Argentinalik futbolchi sardordan hakamga nisbatan qat'iyroq pozitsiya egallashni talab qilgandek ko'ringan bo'lsa, Kristante vaziyatni tinchlantirishga harakat qilgan.
O'rtoqlik uchrashuvi bo'lishiga qaramay, jamoa yetakchilari o'rtasidagi bu keskinlik e'tibordan chetda qolmadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!