🔵 Jordan Hendersonning "Chelseadagi" ilk intervyusi [2-qism]:
💬 Yosh o'yinchilarga qanday yordam bera olaman deb o'ylaysan?
"Tajriba ortidan ko'plab vaziyatlarga duch kelasiz. Yosh futbolchilarga qarab, o'z yoshligimni eslayman va ularga o'xshash holatlarni boshdan kechirganimni tushunaman. Shu bois ular bilan gaplashib, vaziyatga boshqa tomondan qarashni ko'rsata olaman".
"Tajriba bilan bo'lishish juda muhim. Ko'pchilik indamaslikni afzal ko'radi, lekin men tajriba uzatish katta qadriyat deb hisoblayman. Yosh va tajribali o'yinchilarni, turli qarashlarni tushunish kerak. Yoshim o'tgan sari buni yaxshiroq o'rgandim".
💬 Xabi Alonso bilan gaplashdingmi? Suhbat qanday o'tdi?
"Ha, gaplashdik. Juda ijobiy suhbat bo'ldi. Aytganimdek, u bu yerga o'tishimning asosiy sabablaridan biri. Unga ham o'yinchi, ham murabbiy sifatida katta hurmat bilan qarayman".
"U bilan ishlagan barcha odamlar u haqida faqat ijobiy fikrlar bildirishgan. Birorta ham yomon gap eshitmadim. Bu uning inson sifatidagi fazilatlari haqida ko'p narsani anglatadi".
"Suhbat juda yaxshi chiqdi. Uning qo'l ostida ishlash va undan imkon qadar ko'proq narsa o'rganish men uchun katta sharaf".
💬 "Chelseadagi" ba'zi o'yinchilar bilan Angliya terma jamoasida birga o'ynagansan. Ular bilan yana birlashishdan xursandmisan?
"Ha, bir nechta yigitlarni terma jamoadan yaxshi bilaman. Shuningdek, Yorrel bilan "Ayaks"da birga bo'lganmiz, munosabatlarimiz yaxshi edi".
"Shu bois ko'pchilikni taniyman. Ular bilan birga mashg'ulot o'tkazish va o'ynashni intiqlik bilan kutyapman. Shuningdek, hali tanimagan futbolchilarim bilan ham tanishish va birga ishlash qiziq".
💬 Kobxemdagi ilk taassurotlar qanday?
"Juda yaxshi. Bu yer haqiqatan ham ajoyib. Maydonlar va mashg'ulot bazasi a'lo darajada".
"Faqat hozir bu yerda hech kim yo'qligi achinarli — hamma Avstraliyada mavsumoldi turnesida, shuning uchun hali hech kimni ko'ra olmadim".
"Umid qilamanki, bir necha haftadan so'ng jamoa qaytgach, darhol ishga kirishamiz".
💬 Va nihoyat, "Chelsea" muxlislariga nima demoqchi eding?
"Yoshimni hisobga olsak, o'tishim eng ko'p muhokama qilinadigan mavzulardan biri bo'lishini tushunaman. Ammo klubdan ketish vaqti kelganda, hamma men "Chelseaga" nima bera olganimni ko'radi va tan oladi deb umid qilaman".
"Oldinda yana bir nechta yaxshi yillarimiz bor deb umid qilaman. Lekin bitta narsani va'da qila olaman — har kuni ushbu klub va jamoa uchun bor kuchimni beraman".
"Men shunchaki o'zim bo'lib qolishni, ham maydonda, ham maydon tashqarisida qo'limdan kelgancha yordam berishni va "Chelsea" yaqin kelajakda muvaffaqiyatga erishishi uchun hamma narsani qilishni istayman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!