Gabriel Martinelli «Roma» hujum chizig'i uchun yangi nomzod sifatida ko'rilmoqda: braziliyalik vinger vositachilar orqali «jallorossi»ga taklif etilgan.
Teleradiostereo.it xabariga ko'ra, hozirda «Arsenal» sharafini himoya qilayotgan va Italiya pasportiga ega bo'lgan futbolchi so'nggi kunlarda «Yuventus»ga ham taklif qilingan. Biroq turinliklar futbolchini tarkibga qo'shib olishdan avval, avvalo, ayrim o'yinchilarni sotishlari kerak bo'ladi.
«Roma» ushbu variantni ko'rib chiqishi mumkin, ammo uning maoshi katta to'siq bo'lib turibdi: futbolchi Londonda yiliga qariyb 11 million funt sterling maosh oladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!