🚨 "Arsenal" "Nyukasl" bilan Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraish transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi.
Unga qadar London klubi vositachilar orqali 28 yoshli futbolchi uchun qariyb 60 million funt sterling taklif qilishga tayyorligini bildirgan edi. "Nyukasl" bilan shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan Gimaraish klubga "Arsenal"ga o'tish istagi borligini ma'lum qilgan.
Agar "Arsenal" rasman 75 million funt atrofida taklif bilan chiqsa, "Nyukasl" jiddiy qaror qabul qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. May oyida klub Entoni Gordoni "Barselona"ga 69,3 million funtga sotgan edi, shu oy boshida esa Sandro Tonali 100 million funtgacha bo'lgan summa evaziga "Tottenxem"ga o'tdi.
🥇 Gary Jacob
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!