AS xabariga ko'ra, 2029-yilgi Klublar o'rtasidagi jahon chempionati katta ehtimol bilan Qatarda bo'lib o'tadi. Turnir qish faslida tashkil etilishi ham istisno qilinmayapti.
Shuningdek, FIFA ishtirokchilar sonini 32 tadan 48 taga oshirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bundan tashqari, federatsiyada turnirni har ikki yilda bir marta o'tkazish masalasi yana ko'tarildi, garchi hozircha bu kam ehtimolli ko'rinsa ham.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!