Fulxem Gonsalo va Mastantuono bilan qiziqmoqda
Fulxem Gonsalo va Mastantuononi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Madrid klubi va Mourinyu futbolchilarning kelajagi borasida ikkilanishmoqda.
📰 AS xabariga ko'ra, Fulxem yozgi transferlar oynasida Gonsalo bilan shartnoma imzolamoqchi. 22 yoshli hujumchining kelajagi ingliz klubining taklifiga hamda futbolchining Mourinyu bilan bo'ladigan suhbatiga bog'liq.
Madrid tarbiyalanuvchisining ustuvor maqsadi faoliyatini Madridda davom ettirish. Biroq u jamoada qolsa, o'yin amaliyotini Endrik bilan bo'lishishiga to'g'ri kelishini tushunib turibdi. APL klubiga o'tish - Gonsaloning yana bir orzusi, ayniqsa Arbeloaning unga bo'lgan qiziqishini inobatga olsak.
Bundan tashqari, Fulxem Mastantuononi sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Arbeloa ispaniyalik va argentinalik futbolchilarning transferi ustida faol ishlamoqda.
Biroq Madrid klubi 18 yoshli vingerning huquqlarini yo'qotishga ikkilanmoqda, chunki ular futbolchining salohiyati yuqori deb hisoblashadi. Mastantuononing vakillari ham uni ijaraga berishdan xavotirda, chunki vaqtincha boshqa jamoalarga o'tgan kam sonli futbolchilar Madridda o'z o'rnini topa olgan.
Fulxemdan tashqari, Mastantuonoga Komo va River Pleyt ham qiziqish bildirmoqda.
📻 Cope ma'lumotiga ko'ra, Fulxem Gonsalo bilan qiziqmoqda. Ammo Mourinyu uni Madridda saqlab qolmoqchi.
Betis ham hujumchini sotib olmoqchi edi, ammo futbolchi rad javobini berdi.