Yunus Muso uchun "Latsio" kurashga qo'shildi. Rimliklar futbolchini ijara va sotib olish huquqi bilan o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Yunus Muso uchun navbat yuzaga keldi! "Lids" va "Ipsvich" qiziqishidan so'ng, "Milan" yarim himoyachisi uchun kurashga kutilmaganda "Latsio" ham qo'shildi.
Rimliklar allaqachon taklif tayyorlamoqda: 2 million yevro evaziga ijara va 18 million yevroga sotib olish huquqi.
Ammo yakuniy qaror Ruben Amorimga bog'liq. Murabbiy amerikalik futbolchi yangi mavsumda jamoaga kerakmi yoki yo'q, hali uzil-kesil to'xtamga kelmagan.
APLning ikki klubi Yunus Musoga qiziqish bildirmoqda. «Milan» yarim himoyachini 20 million yevro evaziga sotib yuborishi mumkin.
Tuttosport xabariga ko'ra, APLning ikki klubi Yunus Musoga qiziqish bildirmoqda. «Lids Yunayted» va «Ipsvich Taun» yarim himoyachi uchun asosiy da'vogarlar bo'lib turibdi. Nashrning qayd etishicha, «Milan» futbolchini sotish orqali 20 million yevro atrofida daromad ko'rishi mumkin.
Angliya klublari qiziqishiga qaramay, yakuniy qarorni Ruben Amorim qabul qiladi. Murabbiy futbolchini baholab chiqqach, uni yangi mavsumda tarkibda olib qoladimi yoki transferiga ruxsat beradimi, shunga aniqlik kiritadi.