Jordi Karne ma'lumotiga ko'ra, «Barselona» futbolchisi Xamza Abdelkarimning kelajagi yaqin haftalarda aniq bo'ladi.
Jordi Karne xabariga ko'ra, yaqin haftalar Xamza Abdelkarimning kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Futbolchi «Barselona»da yuqori baholanadi. U Xans-Diter Flik qo'l ostida muntazam shug'ullanishi va «reja S» sifatida harakat qilishi kerak. Zarurat tug'ilganda, o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun «Barsa Atletik» safida ham maydonga tushishi mumkin.
Biroq, «Barsa Atletik»dan ko'ra yuqoriroq darajadagi ligada tajriba orttirishi uchun uni ijaraga berish imkoniyatini ham istisno qilib bo'lmaydi. Bu holat shuningdek, amalga oshirilishi mumkin bo'lgan transferlarga ham bog'liq.
Hansi Flik "Birmingem Siti"ga qarshi o'yindan so'ng jamoa o'yini, yangi futbolchilar va tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
🎙 Hansi Flikning "Birmingem Siti"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumani:
❓Uchrashuv haqida nima deb o'ylaysiz?
🗣 Hansi Flik: "Umuman olganda, yaxshi o'ynadik. "Birmingem" — kuchli jamoa, ular tez orada kubok o'yini bilan yangi mavsumni boshlashadi. Biz bu yerga yosh tarkib bilan keldik va bugun ko'rganlarim mashg'ulotlardagi kuzatuvlarimga to'liq mos keladi. Balki, ba'zi vaziyatlarda o'yinchilar to'p bilan ko'proq ishonchli harakat qilib, chiziqlar orasida tez-tez o'ynashlarini xohlardim. Ayniqsa, birinchi bo'limda bu narsa biroz yetishmadi. Shuningdek, to'pni olib chiqishda bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik. Biroq, yakunda murabbiylar shtabim qatori men ham mamnunman. Barchamiz ushbu o'yindan qoniqdik."
❓Abdelkarimni qanday baholaysiz?
🗣 Hansi Flik: "Unda boshqa o'yinchilar kabi ulkan salohiyat borligi ko'rinib turibdi. Men uchun eng muhimi — ular o'z mahoratlarini namoyish etishlari va ular buni haqiqatan ham bajarishmoqda. Men buni juda qadrlayman. O'yin saviyasi yuqori, ammo intensivlik va muhit ham kam ahamiyatga ega emas. Bu yosh yigitlar bilan ishlash — chinakam zavq."
❓Hujumchi transferi haqidachi?
🗣 Hansi Flik: "O'tmishda bu borada yaxshi ishlaganman va hozir ham xuddi shunday yondashaman. Men faqat qo'limdagi jamoaga va hozirda shug'ullantirayotgan o'yinchilarimga e'tibor qaratganman. Boshqa hech narsaga emas. Men xayol surmayman. Bizda, jumladan yosh futbolchilar orasida ham ulkan salohiyat borligini ko'ryapman. Barchamizning oldimizda o'tgan mavsumdagidek juda ambitsiyali maqsad turibdi. Biz sovrinlar yutmoqchimiz, ammo hammasi har kuni qanday ishlashimizga bog'liq. Har kuni borimizni berishimiz kerak. Har kim har kuni yaxshilanayotganini his qilishi shart. Men aynan shunday munosabat va mentalitetni kutaman. Bizga kerak bo'lgan narsa shu. Ammo eng muhimi — jamoa. Birgalikda ishlaganimizda va yaxlit bir butun sifatida o'ynaganimizda, bu men uchun eng katta ahamiyatga ega."
❓Adeyemini qanday baholaysiz?
🗣 Hansi Flik: "Ko'p narsa hali ko'ngildagidek emasdi, buni ayta olaman. Uning salohiyati ancha yuqori va u o'zining kuchli tomonlarini bundan ham ko'proq namoyish eta oladi deb hisoblayman. Biroq, bu uning mashg'ulotlardagi ilk haftasi ekanligini unutmaslik kerak, shuning uchun bu tabiiy hol. Mashg'ulotlarda Karim ancha yaxshi formada ekanligini ko'ryapman. Uning tezligi va hujumni yakunlash sifati katta taassurot qoldiradi. Unda ulkan salohiyat bor va u jamoamizga juda ko'p foyda keltira olishiga ishonchim komil."
❓Abdelkarimning gollari?
🗣 Hansi Flik: "U juda kamtarin inson deb hisoblayman va ko'rib turganimdek, u ajoyib xarakterga ega. Har kuni u kerakli kayfiyatni namoyish etadi va doim borini beradi. Bu juda qadrli. Unda ulkan salohiyat bor. Hujumchiga esa jarima maydonchasida imkoniyat paydo bo'lganda kerakli joyda bo'lish kifoya. Bugun aynan shunday bo'ldi. O'ylaymanki, bu gollar unga yaqin haftalarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshiradi."
❓Ferran Torresning kelajagi?
🗣 Hansi Flik: "Jahon chempionati vaqtida u bilan bog'langandim, ammo hozir u ta'tilda. Men buni hurmat qilaman. Uning dam olishga haqqi bor. Albatta, u hamon bizning o'yinchimiz va o'tgan mavsumdagi ko'plab o'yinlarda jamoamiz uchun qanchalik muhim figura bo'la olishini ko'rsatgan. Biz undan aynan shuni kutamiz."
❓Reshfordning ketishi va Gordonning kelishi?
🗣 Hansi Flik: "Markus haqida shuni ayta olamanki, u bilan birga ishlashni juda qadrlaganman. O'yinchilar bilan nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz, ayniqsa ularning holati noaniq bo'lganda. Shuningdek, bizning bu boradagi holatimiz oson bo'lmagan deb o'ylayman. Shunga qaramay, u bilan ishlashni juda qadrladim. Bu fantastik futbolchi va ajoyib inson. Shuningdek, jamoaga u yetishmayapti deb hisoblayman. Ammo hayot shunday, biz buni qabul qilishimiz kerak. Yakunda hammasi joyida.
Entoni Gordon bizga qo'shildi va u bilan bo'lgan ilk suhbatdanoq "Barselona" uchun o'ynashga juda motivatsiyalanganini his qildim. U haqiqatan ham bu yerga kelishni xohladi. U endi jamoamizning bir qismi ekanligidan juda xursandman."