Inter Belalyan transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi
TuttoMercatoWeb xabariga ko'ra, "Inter" "Verona" vingeri Belalyan transferi bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshladi.
TuttoMercatoWeb xabariga ko'ra, so'nggi kunlarda "Verona" sport direktori Solyano va "Inter" vakili Auzilio o'rtasida Belalyan transferi yuzasidan ilk aloqalar o'rnatildi.
Bu tomonlar o'rtasidagi dastlabki suhbat bo'lib, jazoirlik vinger "Inter" libosini kiyish imkoniyatidan juda mamnun bo'lar edi.