Trent Aleksander-Arnold yangi murabbiylar shtabi bilan ishlashdan mamnun ekanligini va mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutayotganini aytdi.
💭😏 Trent Aleksander-Arnold:
Birinchi mashg'ulot fantastik darajada o'tdi. Yangi bosh murabbiy va murabbiylar shtabi bilan ishlashdan ajoyib hislar tuyyapman. Albatta, hozir tarkibimizda ko'plab o'yinchilar yetishmayapti, lekin o'zingiz bilganingizdek, biz yangi mavsumdan juda xursandmiz va tezroq boshlashni istaymiz.
Trent Aleksander-Arnold Joze Mourinyo bilan ishlash jarayoni va murabbiyning talabchanligi haqida gapirdi.
Trent Aleksander-Arnold Joze Mourinyo bilan ishlash jarayoni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Men har doim Jozega qoyil qolganman. U va uning murabbiylar shtabi bilan ishlash men uchun katta sharaf. U juda talabchan murabbiy, uning tamoyillari va kutishlari eng yuqori darajada. Men undan ko'proq narsani o'rganishni va bilimlarimni oshirishni intiqlik bilan kutyapman.
Madrid himoyachisi Trent Aleksander-Arnold mavsumoldi tayyorgarlik va bosh murabbiy Jose Mourinho bilan ishlash haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Trent Aleksander-Arnold "Madrid" himoyachisi sifatidagi intervyusidan parchalar:
"Mavsumoldi tayyorgarlik? Hammasi yaxshi. Hozir Ispaniyada juda issiq, biz esa juda intensiv mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz. Ammo bu mavsumoldi tayyorgarligi, biz shunday bo'lishini kutgan edik: ko'plab og'ir mashg'ulotlar, shuningdek, kuniga ikki mahal mashg'ulot. Hozircha hammasi juda tig'iz.
Yozda futbolchilarda bir necha hafta dam olish imkoniyati bo'ladi, keyin esa mashg'ulotlarga qaytish va jismoniy holatni tiklash uchun yana bir necha hafta vaqt ketadi. Shu bois men tayyor edim va "Madrid" bilan mashg'ulotlarni qayta boshlashni intiqlik bilan kutayotgan edim.
Mavsumoldi tayyorgarligining asosiy maqsadi - o'zini formaga keltirish, o'yin prinsiplari va murabbiy qarashlarini tushunib olish. Umuman olganda, kelgusi mavsumda o'yinimizni qanday qurishimizni anglash. Oddiy qilib aytganda, formaga kirish, safga qaytish va o'yin tonusini tiklash.
Men uzoq vaqt maydonga tushmadim, shuning uchun nihoyat qaytganimdan va muvaffaqiyatli mavsum uchun mustahkam poydevor qo'yayotganimdan xursandman".
"Mourinho - juda yaxshi murabbiy, men har doim unga qoyil qolganman. Bir necha bor u boshqargan jamoalarga qarshi o'ynaganman. U va uning shtabi bilan ishlash - bir zavq. Mourinho - juda maqsadga intiluvchan mutaxassis.
Mourinhoning prinsiplari va talablar darajasi juda yuqori, shuning uchun bir-birimizni qanchalik ko'p o'rgansak, u bizga shunchalik ko'p narsani o'rgata oladi. Biz hammamiz tayyormiz va yangi narsalarni o'rganishga hamda rivojlanishga intilamiz. Ishonchim komilki, Mourinho bizga ko'p narsani o'rgatadi va kelgusi mavsumda sovrinlar yutishimizga yordam beradi".