#Trabzonspor — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Leon Beyli «Hull Siti»ga o'tishi mumkin
Hull City ↗ Transfer

Leon Beyli «Hull Siti»ga o'tishi mumkin

«Hull Siti» «Aston Villa» yarim himoyachisi Leon Beyli uchun muzokaralarni boshladi. Futbolchi Angliyada qolishni istamoqda.

The Athletic jurnalisti Jeykob Tansuell xabariga ko'ra, «Hull Siti» «Aston Villa» futbolchisi Leon Beylini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

«Trabzonspor» va «Selta» klublari ham o'yinchi bilan qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o'zi Angliyada qolishni afzal ko'rmoqda.

Trabzonspor Krist Ulay uchun 40 million yevrodan kam bo'lmagan narx belgiladi
Brentford ↗ Transfer

Trabzonspor Krist Ulay uchun 40 million yevrodan kam bo'lmagan narx belgiladi

Trabzonspor vakili Hasan Tunjel Krist Ulayga Angliya va Germaniya klublaridan qiziqish borligini va transfer narxini ma'lum qildi.

"Trabzonspor" klubi kongressi a'zosi Hasan Tunjel Krist Ulayning transferi borasida o'z fikrlarini bildirdi:

Krist Ulayga Angliya va Germaniyadan jiddiy takliflar bor. Ayniqsa, "Everton" va "Brentford" futbolchi bilan jiddiy muzokaralar olib bormoqda. Biz uni 40 million yevrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emasmiz.

O'ng ustun yangiliklari

Jonatan Devid "Parij"ga o'tishni afzal ko'rmoqda

Jonatan Devid "Parij"ga o'tishni afzal ko'rmoqda

Jonatan Devid "Trabzonspor" taklifiga qaramay, "Parij"ga o'tib, Fransiyaga qaytishni istamoqda. Bu haqda Tutto Sport xabar bermoqda.

Jonatan Devid "Trabzonspor"ga qaraganda "Parij"ga o'tish ehtimolidan ko'proq hayajonda.

Tutto Sport xabariga ko'ra, garchi Turkiya klubi birinchi qadamni tashlagan bo'lsa-da, Devid o'z faoliyatini jonlantirish uchun Fransiyaga qaytishni afzal ko'rmoqda.