Xabi Alonso «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan hayratda
Xabi Alonso «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchilarining tayyorgarlik darajasidan hayratda. Ispaniyalik murabbiy yetti nafar yosh futbolchini turnega olib ketadi.
The Secret Scout xabariga ko'ra, Xabi Alonso «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchilarining tayyorgarlik darajasidan hayratda.
Ispaniyalik mutaxassis bo'lajak turnega akademiyaning yetti nafar futbolchisini jalb qildi. Ulardan olti nafari klub safida sakkiz yoshidan buyon to'p surib kelmoqda.
Ular orasida Redji Uolsh, Landon Emenalo, Rayan Kavuma-Makkuin, Redji Uotson, Mahdi Nikoll-Jazuli, Kelvin Diakite va Tayo Subuloye bor.