Devid Ornsteyn xabariga ko'ra, «Chelsi» «Aston Villa» bilan 23 yoshli angliyalik hujumkor yarim himoyachi Morgan Rojersning transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv summasi 136 million yevroni (117 million funt) tashkil etadi, shartnoma 6+1 ko'rinishida bo'ladi va dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tish rejalashtirilgan.
«Aston Villa» Rojersni 2024-yil fevral oyida «Midlsbro»dan atigi 9,4 million yevroga sotib olgan edi. Ikki yarim yil ichida 4,7 million yevro amortizatsiya qilindi, qoldiq qiymat ham shunchani tashkil etadi.
«Villa» sof foyda sifatida 131,3 million yevro qayd etadi. Maoshlar fondidan esa 11,4 million yevro (bonuslar bilan) chiqib ketadi.
«Chelsi» uchun transfer yiliga 27,2 million yevroga (besh yillik amortizatsiya) tushadi, bunga maosh ham qo'shiladi (hozircha oshkor etilmagan).
👍 «Aston Villa» uchun fantastik kelishuv – ular sarflagan mablag'idan 14 barobar ko'proq daromad olishdi. Shubhasiz, bu klub tarixidagi eng yaxshi savdo operatsiyasi. Ayniqsa, UEFA nazorati sharoitida («Villa» iyun oyi oxirida tarkib xarajatlari limiti (Squad Cost Ratio) buzilgani uchun 22,5 million yevro (15 millioni shartli) jarimaga tortilgandi). Yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishdagi cheklovlarni olib tashlash uchun buxgalteriyani zudlik bilan to'g'rilash kerak edi.
🤔 «Chelsi» (bir qarashda) ortiqcha to'layotgandek ko'rinadi – TM Rojersni 90 million yevroga baholamoqda. Ammo buning evaziga APLga to'liq moslashgan yosh va universal hujumchi (125 o'yinda 31+29 «Villa» safida, Angliya terma jamoasi a'zosi) qo'lga kiritilmoqda. Qimmat, ammo istiqbolli.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!