Endrikning vakillari «Roma» bilan muzokaralarni inkor etishdi
Endrikning vakillari «Roma»ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etishdi. Futbolchi atrofidagilar klub bilan hech qanday aloqa bo'lmaganini ta'kidlashdi.
Teleradiostereo.it xabariga ko'ra, Endrik ayni damda «Roma» uchun aniq variant hisoblanmaydi. «Real»ning braziliyalik futbolchisi so'nggi kunlarda ijaraga o'tish ehtimoli bo'yicha «jallorossi» bilan bog'langani aytilgandi, biroq futbolchining vakillari har qanday aloqani inkor etishdi: «Trigoriya»dan hech qanday so'rov kelmagan va bugungi kunda hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.