Sport Mediaset xabariga ko'ra, Kristian Romero «Inter» uchun haqiqiy variant hisoblanadi. «Neradzurrilar» «Tottenxem»dan ketishni so'ragan argentinalik markaziy himoyachini jiddiy nishonga olishgan. London klubi futbolchini 35–40 million yevro atrofida baholamoqda. «Inter» allaqachon Romero vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Shuningdek, «Barselona» va «Atletiko Madrid» ham dastlabki so'rovlar bilan chiqishgan. «Barselona» yangi o'yinchini ro'yxatdan o'tkazishi uchun avval kimnidir sotishi kerak, «Atletiko»ning imkoniyatlari esa sotuvlarga bog'liq.
Jed Spens masalasiga kelsak, u endi «Inter» uchun ustuvor maqsad hisoblanmaydi. Dastlabki muzokaralar bo'lib o'tgan, biroq «Tottenxem» deyarli 50 million yevro so'ragan. «Inter» bu narxni asossiz va qimmat deb hisoblamoqda. Hozirgi pallada Spens transferi amalga oshishi juda dargumon.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!