Artyom Dovbik «Bolonya»ga o'tmoqda
Artyom Dovbik «Bolonya»ga ijaraga o'tmoqda. Transfer shartlari va futbolchining maoshi haqida ma'lumotlar ma'lum qilindi.
Manà Manà Sport xabariga ko'ra, Simone Valdarki Artyom Dovbik «Bolonya»ga sotib olish huquqi bilan ijaraga o'tayotganini ma'lum qildi. Xarid qilish summasi 20 million yevrodan biroz ko'proq etib belgilangan.
Il Romanista nashri ma'lumotiga ko'ra, Dovbik «Bolonya»da «Roma»dagidek maosh oladi — yiliga 3,6 million yevro. «Bolonya» barcha xarajatlarni o'z zimmasiga olgan.