Superkubokdagi penaltilar seriyasi: Hakam va Zobnin o'rtasidagi bahs audiosi oshkor bo'ldi
RFS Superkubokdagi penaltilar seriyasi oldidan qura tashlanganini da'vo qilgandi, ammo hakam va Roman Zobnin o'rtasidagi audioyozuv buning aksini ko'rsatmoqda.
RFS vakillari Superkubokdagi penaltilar seriyasidan oldin qura tashlangani haqidagi xabarlarni rad etib, buni yolg'on deb atashgandi. Biroq, "Perviy sport" ixtiyorida hakam Bulanov va "Spartak" sardori Zobnin o'rtasidagi audioyozuv paydo bo'ldi.
Hakam: "Qarang, tashkilotchilar (RFS) xavfsizlik nuqtai nazaridan – maydonga shishalar otilgani uchun – qura tashlamasdan, darhol mana shu darvoza tomon penalti tepishni so'rashmoqda"
Zobnin: "Yo'q! Yo'q! Yo'q!"
Hakam: "Bu muhokama qilinmaydi!"
Zobnin: "Nima degani muhokama qilinmaydi?!"
Hakam: "Bu muhokama qilinmaydi! Xavfsizlik nuqtai nazaridan bu mening va tashkilotchilarning qarori!"
Zobnin: "Yo'q! Nega? Nega?"
Hakam: "Chunki bu tashkilotchilar! Ular aytishdiki..."
Zobnin: "Menga baribir! Adolatli bo'lishi kerak! Adolatli bo'lishi kerak! U yerda bizning muxlislarimiz bor!"
Hakam: "Bu bizning qaror! Shu darvozaga tepamiz. Men hammasini aytib bo'ldim"
Zobnin: "U yerda bizning muxlislarimiz..."
"Spartak" futbolchilari hakamning qaroridan xabar topishadi
"Nega?! Qanaqasiga?!"