Filip Kostichga AEKdan taklif bor
PSV nishonidagi Filip Kostichga AEK Afina klubi qiziqish bildirmoqda va futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilgan.
Rik Elfrink xabariga ko'ra, PSV nishonidagi Filip Kostichga AEK Afina klubi ham qiziqish bildirmoqda. Gretsiya manbalariga tayanib berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga ushbu klub tomonidan ikki yillik shartnoma taklif qilingan. Ehtimol, transfer jarayoni cho'zilib ketayotganining sababi ham shundadir. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.