Obed Vargas "Atletiko"da qolishni istamoqda
Obed Vargas raqobatga qaramay "Atletiko"da qolishni istamoqda. Futbolchiga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.
🚨 MD xabariga ko'ra, raqobat yuqori bo'lishiga qaramay, Obed Vargas taslim bo'lmoqchi emas va o'z orzularini "Atletiko Madrid" safida ro'yobga chiqarishda davom etmoqchi.
Agar futbolchi ijaraga beriladigan bo'lsa, u quyidagi klublar nishonida turibdi:
— "Selta Vigo"
— "Osasuna"
— "Xetafe"
— "Renn"
— "Strasbur"
Yoshligi va salohiyati tufayli u boshqa klubda o'yin amaliyotiga ega bo'lib, "Atletiko"ga qaytishdan oldin kerakli tajribani to'plash uchun yaxshi imkoniyatlarga ega yarim himoyachi hisoblanadi. Ammo hozircha Vargasning o'zi tarkibdagi o'rni uchun kurashishni talab qilmoqda.