Nikolo Pizilli jarohat oldi
«Roma» yarim himoyachisi Nikolo Pizilli jarohat oldi. Futbolchi taxminan 2-3 haftani o'tkazib yuboradi.
«Roma» klubi rasman Nikolo Pizillining jarohat olganini ma'lum qildi. Yarim himoyachida chap boldir mushagining 1-darajali yorilishi aniqlangan.
Jarohat jiddiy emas, ammo mushakdagi bu kabi holat futbolchini taxminan 2-3 haftaga safdan chiqaradi.