Real Madrid Rodri bilan shartnoma imzolashdan nega voz kechdi?
Jurnalist Navarrete Real Madrid prezidenti Florentino Peres nega Rodri transferiga qiziqish bildirmayotganini tushuntirdi.
Navarrete (jurnalist) xabariga ko'ra, Florentino Peres ayni damda Rodri transferiga qiziqish bildirmayapti. Bunga quyidagi omillar sabab bo'lmoqda:
⚪ 2024-yilda tizzasidagi xochsimon bog'lamlar uzilganidan keyin o'yinchi to'liq tiklana olmagani;
⚪ 30 yoshda ekani;
⚪ Yarim himoyachining Rikelme bilan u prezidentlik saylovlarida g'alaba qozonsa, klubga o'tish bo'yicha kelishuvga erishgani.